Huawei 1
Migratsiya agentligi Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi

Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini noqulay ob-havodan ogohlantirdi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda Qozog‘iston hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, yaqin haftalar davomida joylarda tuman, kuchli yomg‘ir hamda yo‘llarda muzlash holatlari respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin.

“Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, ishonchli va xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz”, deyiladi agentlik xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102712 | Инструменты