Huawei 1
Milliy tibbiyot markazida O‘zbekiston tibbiyoti tarixida kam uchraydigan amaliyot muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Milliy tibbiyot markazida O‘zbekiston tibbiyoti tarixida birinchi marta laparoskopik (WHIPPLE) amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ushbu murakkab amaliyot oshqozon osti bezi, o‘n ikki barmoq ichak, safro yo‘llari va baʼzan oshqozonning bir qismini olib tashlashni talab qiladi.

Laparoskopik usulda o‘tkazilgan jarayon katta qon tomirlar va nozik anatomik tuzilmalar bilan ishlashni, shuningdek, yuqori xavflarni boshqarishni o‘z ichiga oladi. Amaliyot jarayonida yosh shifokorlar uchun o‘quv jarayoni tashkil etilib, ilg‘or tibbiyot yondashuvlarini o‘rganish imkoniyati yaratildi.

Taʼkidlanishicha, ushbu amaliyot zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribalar asosida o‘tkazildi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bemorning ahvoli qoniqarli.

Buni bir insonning darddan forig‘ bo‘lib, sog‘lom hayotga qaytishida, shuningdek, Markazning xalqaro tibbiyotdagi mavqeini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi deyish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122023 | Инструменты