Huawei 2
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining Janubiy Koreyaga safari boshlandi

16-aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining Janubiy Koreya safarlari boshlandi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar qildi.

Safar davomida Janubiy Koreya musulmonlari federatsiyasi rahbariyati bilan muloqot, diniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvlar kabi tadbirlar rejalashtirilgan.

Shuningdek, Janubiy Koreyada yashab, ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan suhbatlar o‘tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga