Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarga Xalqaro musulmon ulamolar kengashi a’zosi ekanligini tasdiqlovchi guvohnoma topshirildi

Joriy yil iyun oyida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Xalqaro musulmon ulamolar kengashi a’zosi sifatida qabul qilingan edilar.

Mir Arab madrasasining 500 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Boqiy Buxoroning Islom sivilizatsiyasidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro anjuman doirasida Xalqaro musulmon ulamolari kengashining Bosh kotibi, doktor Ali Muhyiddin Qoradog‘iy O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlariga mazkur nufuzli xalqaro kengashning safiga qo‘shilganlarini tasdiqlovchi a’zolik shahodatnomasini taqdim etdi.

Bosh kotib shahodatnomada quyidagicha tilaklarni bayon etgan: 

“O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining Xalqaro musulmon ulamolar kengashiga a’zo bo‘lganlari bizni nihoyatda xursand etdi. Xalqaro musulmon ulamolari kengashi safiga qo‘shilganingiz uchun o‘z tashakkurimizni izhor etamiz. Kelgusidagi faoliyatimizda Sizning faol ishtirok etishingizni intizorlik bilan kutib qolamiz”.

Alloh taolodan Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlariga Xalqaro musulmon ulamolar kengashidagi faoliyatlarida kuch-quvvat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты