Huawei 1
Mustaqillik bayrami munosabati bilan mehmonhonalar 45%gacha, kafe va restoranlar 50%gacha chegirmalarni e'lon qilishdi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan Turizm va madaniy meros vazirligi respublika bo‘ylab belgilangan chegirmalar to‘g‘risida ma’lumotlarni jamladi.

Misol uchun, "Vaqf" xayriya jamoat fondi tasarrufidagi madaniy meros obyektlari (ziyoratgoh va qadamjolar)da 1–4-sentabr kunlari O'zbekiston fuqarolari uchun kirish chiptalar narxiga 50 foiz chegirma joriy qilinadi.

Shu bilan birga, muzeylar, mehmonxonalar, kafe va restoranlar tomonidan ham chegirmalar e'lon qilingan:

1. Mehmonxonalar tomonidan beriladigan chegirmalar ro‘yxati;

2. Kafe va restoranlar tomonidan beriladigan chegirmalar ro‘yxati;

3. Muzeylar tomonidan beriladigan chegirmalar;

4. Respublika kesimida bo‘lib o‘tadigan madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar va aksiyalar ro‘yxati;

5. Turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari ro‘yxati.

Eslatib o'tamiz, bu yil Mustaqillik bayrami munosabati bilan O'zbekiston aholisi 4 kun ketma-ket dam oladi. Ushbu dam olish kunlari haftaning payshanbadan (1-sentyabr) yakshanba kunigacha (4-sentyabr) davom etadi.

Avvalroq, aviachiptalarga va temir yo‘l chiptalariga ham 50 foizgacha chegirmalar berilgani haqida xabar bergan edik. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90708 | Инструменты