Huawei 1
Namanganda 5 tonnadan ortiq etil spirtini noqonuniy muomalaga kiritgan korxonalar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “E.l.”, “G.Ye.” va “E.M.” MCHJ rahbarlari antiseptik mahsulotini ishlab chiqarish maqsadida birja savdolari orqali jami 102,7 mlrd so‘mlik 4 025 tonna etil spirtini xarid qilib, amalda antiseptik mahsulotlarini ishlab chiqarmasdan etil spirtini boshqa shaxslarga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Shu kabi, “A.F.” MCHJ rahbari A.A. birja savdolari orqali xariid qilingan 34,8 mlrd so‘mlik 1 263 tonna etil spirtidan antiseptik mahsuloti ishlab chiqarmasdan, etil spirtini boshqa shaxslarga sotib yuborganligi, shuningdek ushbu mablag‘lar hisobidan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasini xarid qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining  tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122619 | Инструменты