Huawei 1
Namanganda o‘zboshimchalik bilan 318,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan 2 ta nonvoyxona aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida Namangan shahrida oʻtkazilgan nazorat tadbirida fuqaro J.M. va A.Y. larga qarashli nonvoyxonalarning gaz qurilmalarini tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 318,6 mln so‘mlik (122,5 ming metr kub tabiiy gaz) zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101514 | Инструменты