Huawei 1
Namanganda piyodani urib, qochib ketgan qora Gentra haydovchisi topildi

11 fevral kuni Namangan shahrida davlat raqamisiz bo‘lgan qora Gentra rusumli avtomobil piyodani urib qochib ketgan. Namangan viloyati IIBning ma’lum qilishicha, ushbu transport vositasining haydovchisi qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, 11 fevral kuni Namangan shahar Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida ushbu transport vositasi hamda uning haydovchisi topildi.

Ushbu holatni sodir etgan shaxs Namangan shahri hududida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro ekani aniqlangan. 

Holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishlik uchun haydovchi va transport vositasi tergov bo‘limiga topshirilgan.

YHXX matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda halok bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21316 | Инструменты