Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi "Bobur" bog‘iga aylangani kelgan maktab o‘quvchilaridan biri jiddiy jarohat olib halok bo‘lgani aytilgan video tarqaldi.
Unda Uchqo‘rg‘on tumanidagi 8-sonli maktab o‘quvchilari maktab jamoasi bilan Namangan shahridagi "Bobur" bog‘iga sayohatga chiqishganida o‘quvchilardan biri jarohat olib halok bo‘lgani aytilgan.
Videoda o'qituvchi shifokorga 29 nafar bolaning mas'uliyati uni bo'ynidaligi, jarohatlangan bolaning ota-onasiga nima deb javob berishini so'rayotgani aks etgan.
Holat yuzasidan Bosh Prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ma'lumot berdi. Qayd etilishicha, holat 14-may kuni soat 11:30 larda 12 yoshli bola Namangan shahridagi istirohat bog‘ida attraksionda uchgan vaqtida bosh qismidan tan jarohati olib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61300 | Инструменты