Namangandagi Navro’z bayrami dasturida 80 metrlik mega lavash tayyorlanadi

Namangan viloyatida joylashgan “Afsonalar vodiysi”da 80 metrlik mega lavash tayyorlanadi.

Tadbirda ko‘ngilochar shou-dasturlar namoyish etiladi. Ahamiyatlisi, shu kuni haqiqiy ma’nodagi kutilmagan sovg‘a — 80 metrli ulkan mega lavash tayyorlanib, bayram mehmonlariga taqdim etiladi.

100 dan ortiq mohir oshpazlar mehnati evaziga tayyorlanadigan mega lavash Yangi Namangan tumanidan bayram tuxfasi bo‘ladi.

"Keling, ko‘ring va bayramona rekord lavashni tayyorlanish jarayonida ishtirok eting hamda tanavul qilish imkoniyatiga ega bo‘ling!”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, bundan avval Toshkent shahrida 31,5 metrli mega lavash tayyorlangan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72704 | Инструменты