Huawei 1
Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov miqdori qancha?

Pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdori(BHM)ning bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Toʻlovlar miqdori:

a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda BHMning 100 foizi (hozirgi kunda 340 ming soʻm -01.10.2024 dan boshlab 375 ming so'm)

b) https://pedkadr.uzedu.uz/ — platformasi orqali murojaat etilganda, BHMning 90 foizi (hozirgi kunda 306 ming soʻm — 01.10.2024 dan boshlab 337 ming 500 so'm)

v) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda,murojaat etilganda BHMning 90 foizi (hozirgi kunda 306 ming soʻm01.10.2024 dan boshlab 337 ming 500 so'm)

Toʻlovlar attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Yaʼni, “navbatdan tashqari attestatsiya” turi tanlanganda har bir pedagog uchun toʻlov toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatilgan xabarnoma (kvitansiya) yuboriladi. Toʻlovlarni shu kvitansiyada koʻrsatilgan INVOYS raqamiga oʻtkazish kerak.

To‘lov qilishdan avval toifa sertifikatingiz muddatiga qarab aniqlashtirib oling. Siz uchun joriy attestatsiya navbatdagi (majburiy)mi yoki navbatdan tashqarimi? Agar siz uchun joriy attestatsiya majburiy bo‘la turib, navbatdan tashqariga hujjat topshirsangiz arizangiz rad etiladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100223 | Инструменты