Navoiy IESda bunyod etilayotgan navbatdagi 3-sonli bug‘-gaz qurilmasining o‘rnatilgan quvvati 650 MVtni tashkil etadi. Loyiha hamkorlari Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” & “Mitsubishi Power Ltd”. kompaniyalar konsorsiumi bo‘lib, qurilishda Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi hamda “O‘zbekenergota’mir” AJ mutaxassislari ish olib bormoqda. Loyiha 2026-yilning oxiriga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Investitsiya loyihasining moliyalashtirish manbai JICA – Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi mablag‘lari bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati TIAga asosan 786,7 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
Bug‘-gaz qurilmasi ishga tushgach, yiliga qo‘shimcha 4,8 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi hamda 932 Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Bunda zamonaviy, yuqori tejamkor texnologiyalar hisobiga yiliga 870 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Uning foydali ish koeffitsienti 63 foizni tashkil etib, atmosferaga chiqarilayotgan chiqindi gazlarining hajmi 1740 tonnaga kamayadi.
Hozirda qurilish maydonchasida ishlar qizg‘in olib borilmoqda. Bu yerda mahalliy va xorijiy kompaniyalardan 470 nafar malakali muhandis- texniklar (mahalliy mutaxassislar 420 ta) hamda 90 ta maxsus texnikalar ishlamoqda. Ahamiyatlisi, loyiha ishga tushirilishi natijasida 347 ta yangi ish o‘rini yaratiladi.
Ayni paytda qurilmaning poydevor ishlari amalga oshirilmoqda. Ma’lumot uchun, bug‘-gaz qurilmasida rivojlangan davlatlarning eng zamonaviy gaz va bug‘ turbinalari va qozon qurilmalari o‘rnatiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10901 | Инструменты