Navoiyda 2-sinf o'quvchisi mashina bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqda "Bir bolani avtomashina bosib ketdi" sarlavhasi bilan xabarlar tarqaldi. 

Mazkur holat yuzasidan Navoiy IIB rasmiy munosabat bildirdi

Qayd etilishicha, joriy yilning 1-iyul kuni soat 19:20larda Xatirchi tumani hududidan o’tgan 4r48 avtomobil yo’lining 127-km.da harakatlanib borayotgan “BYD SONG PLUS EV CHAMPION” rusumli avtomashina tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan, yo‘lning o‘ng tomonidan to‘satdan yugurib chiqqan piyodani urib yuborishi natijasida yo’l transport hodisasi sodir etgan.

Hodisa natijasida voyaga yetmagan, 2-sinf o’quvchisi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70812 | Инструменты