Huawei 1
Qirg‘izistonda chaqmoq urishi oqibatida 250 bosh qo‘y nobud bo‘ldi

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatidagi tog‘li yaylovida yashin urishi oqibatida 250 bosh qo‘y nobud bo‘ldi. Bu haqda respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, favqulodda holat Issiqkoʻl viloyati Ton tumanidagi “Jazi Kechu” yaylovida sodir boʻlgan.

“7-iyul kuni kechqurun to‘g‘ridan-to‘g‘ri podani yashin urdi. Natijada 250 bosh qo‘y nobud bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini noqulay tabiat hodisalari haqida oldindan ogohlantirganini ma’lum qildi. 

Ayni damda fuqaro mudofaasi boshqarmasi va Ton tumani tezkor guruhi voqea holatlarini o‘rganmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100611 | Инструменты