Huawei 1
O'zbekistonda ish haftasi davomida havo harorati +42 darajagacha ko'tariladi

"O'zgidromet" xizmati respublika bo'ylab 8-12-iyul kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e'lon qildi

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yoz faslining o‘rtasi uchun 32-35o, janubda va cho‘l hududlarda 38-40o gacha bo‘lgan qulay harorat kuzatiladi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn. 

Ertaga havo harorati ko‘tarila boshlaydi va ish haftasining oxirigacha 35-39o atrofida, janubda 42o gacha bo‘ladi. Ushbu davrda yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

Respublikaning tog‘li hududlarida 8-12 iyul kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

8-9-iyulda Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona vilotlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtda: bugun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamol 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35o bo‘ladi. 9-12 iyul kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 35-38o bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100611 | Инструменты