Huawei 1
2035-yilga kelib kvant texnologiyalari qo‘shimcha 1,3 trillion dollar foyda keltiradi

Kvant kompyuterlarini yaratish bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘lgan IQM kvant texnologiyalari rivojlanishining hozirgi holati, ulardan foydalanish yo‘nalishlari va sunʼiy intellekt bilan uyg‘unlashgan holda salohiyatini tahlil qiluvchi hisobotini eʼlon qildi.

Bugungi kunga qadar sanoatda umumiy qiymati 34 milliard dollarlik davlat investitsiya loyihalari eʼlon qilingan bo‘lib, ularning 80 foizi Xitoy (15,3 milliard dollar), Yevropa Ittifoqi (8,4 milliard dollar) va AQSH (3,7 milliard dollar) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Investitsiyalarning ustuvor maqsadi, birinchi navbatda, tegishli infratuzilmani rivojlantirish: kvant aloqa tarmoqlarini yaratish va yuqori tezlikda va xavfsiz maʼlumotlarni uzatish uchun ishonchli shifrlashni taʼminlash.

Kvant hisoblashdan eng katta iqtisodiy foyda ko‘radigan sohalar sog‘liqni saqlash, avtomobilsozlik va kiberxavfsizlikdir. 2035-yilga kelib kvant texnologiyalari qo‘shimcha 1,3 trillion dollar foyda keltiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100612 | Инструменты