“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan qurilayotgan Muruntov 500/220 kv nimstansiyasining qurilish jarayonida obyektning tarmoq kabellari uchun quyilgan quyma temir beton ishlari sifatsiz bajarilganligi va qurilish materiallarining sertifikatlari nazorat davri mobaynida to‘liq yuritilmagani maʼlum bo‘ldi.
Ushbu qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi-pudrat tashkilotining texnik va ichki nazoratchilariga nisbatan Qurilish inspeksiyasi tomonidan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda loyiha talablari asosida bajarilmagan beton ishlari joyida buzdirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110603 | Инструменты