"739 nafar ishchiga vaqtida maosh berilmagan" — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi "NestOne" binosi oldida yuz bergan holat bo‘yicha munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda "NestOne binosi oldida nimalar bo‘lmoqda?" sarlovhasi ostida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 2022 yil 17 may kuni Shayxontohur tumanida joylashgan “Tashkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi Nest One osmono‘par binosida ”Ozguvn mimarlik inshaat” MCHJ XKning 312 nafar ishchisi aprel uchun ish haqlarini olmagani sabab mazkur korxonaga nisbatan norozilik bildirgan.
Vazirlikka ko'ra, 2022 yil 17 may kuni 312 nafar ishchiga 1 007 001 825,87 (bir milliard yetti million bir ming sakkiz yuz yigirma besh) so‘m ish haqi to‘lab berilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, Nest One osmono‘par binosida “Ozguven tasarim mimarlik insaat sanayi ve ticar” PUning 427 nafar ishchisi aprel oyi uchun ish haqini o‘z vaqtida olmagan va mazkur korxona rahbariyatiga norozilik bildirgan.
Holat bo'yicha 17 may kuni 427 nafar ishchiga 1 346 355 177,06 (bir milliard uch yuz qirq olti million uch yuz ellik besh ming bir yuz yetmish yetti) so‘m ish haqi to‘lab berilishi ta’minlandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Davlat mehnat inspeksiyasi to‘g‘risida”gi 1066-sonli Nizomiga muvofiq, Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 2022 yil 17 may kuni Ozguvn mimarlik inshaat” MCHJ XK va ”Ozguven tasarim mimarlik” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasi rahbari Guven Mehmetra nomiga yozma ko‘rsatma berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112905 | Инструменты