Huawei 1
Nodavlat bogʻcha va maktablarga litsenziya berish talablari yengillashtiriladi

Prezident farmoniga koʻra 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab:

nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda oʻqituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda taʼlim oluvchilarning maksimal soniga qoʻyilgan talablar yengillashtiriladi;

- nodavlat maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlariga sport zalni ularga ijara va tekin foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan hamda belgilangan talablarga javob beradigan binolarda ham tashkil etishga ruxsat etiladi;

- Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirish vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52009 | Инструменты