Huawei 1
Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqlarsiz muhit yaratiladi

“Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqlarsiz muhit yaratish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-oktyabrdan:

- rekonstruksiya qilinadigan va ta'mirlanadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi nogironligi bo'lgan shaxslarga sharoitlar yaratish bo'yicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o'tkaziladi;

- har yili “Xavfsiz yo'l va xavfsiz piyoda” respublika jamg'armasi mablag'larining kamida 10 foizi chorrahalarda nogironligi bo'lgan shaxslar (piyodalar) uchun xavfsiz va to'siqsiz muhit yaratish bo'yicha qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlariga yo'naltiriladi.

2025-yil 1-yanvardan belgilangan faoliyat turlari bo'yicha litsenziya berishda obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi bo'lgan shaxslarga to'siqlarsiz muhit yaratilganligi bo'yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasini olish talab qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты