Huawei 1
Netanyaxu Makronning Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘iga javob berdi

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning G‘azodagi mojaroni hal qilish uchun Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘iga keskin javob qaytardi.

"Isroil Eron boshchiligidagi vahshiylik kuchlariga qarshi kurashar ekan, barcha sivilizatsiyalashgan davlatlar Isroil bilan mustahkam turishi kerak", dedi u

Siyosatchi Fransiya rahbarining so‘zlarini sharmandalik deb atadi. Unga ko‘ra, Isroil G‘arb davlatlari yordamisiz ham barcha raqiblarini mag‘lub etadi.

Avvalroq, Makron Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirgan edi. Davlat rahbari Livan bilan bog‘liq vaziyat haqida ham gapirdi. Siyosatchining qayd etishicha, hozirda asosiy vazifa mojaro avj olishining oldini olishdir. "Livan boshqa G'azoga aylana olmaydi", deb xulosa qildi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100615 | Инструменты