Huawei 1
Noturar ko‘chmas mulklar oldi-sotdisi bo‘yicha ham davlat xizmati ko‘rsatiladi

Vazirlar Mahkamasining  VMQ-795-son qaroriga asosan noturar ko‘chmas mulklar oldi-sotdisiga doir shartnomalar tuzish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlarida ham xizmat ko‘rsatiladi. 

Yaʼni, bunda DXMlar shartnoma taraflarining shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganini tasdiqlaydi. Kadastr agentligi (yoki uning quyi tuzilmalari) esa ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.  

Reglament yuridik shaxslar o‘rtasida noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid barcha holatlarga tatbiq etiladi, noturar ko‘chmas mulkning hadya va renta shartnomalari bundan mustasno.

Shartnomani davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish uchun BHMning 2 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qaror yuridik shaxslar tomonidan noturar ko‘chmas mulkni boshqa yuridik shaxsga o‘tkazishga oid shartnomalarni o‘zaro mustaqil ravishda yoki notarial tartibda tasdiqlagan holda rasmiylashtirishga to‘sqinlik qilmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20522 | Инструменты