Huawei 1
Noyabr oyida Novosibirsk shahrida O'zbekiston-Rossiya biznes-forumi o'tkaziladi

O'zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov va Novosibirsk meri Maksim Kudryavsev bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Suhbat chog'ida O'zbekiston hududlari bilan Novosibirsk o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shahar meri O'zbekiston bilan tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda o'sib borayotgan aloqalarni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanini ta'kidladi. Uning aytishicha, Novosibirsk shahri ishbilarmonlarining O'zbekiston bilan to'g'ridan-to'g'ri hamkorlik qilishdan, xususan, qishloq xo'jaligi sanoatida Novosibirsk shahrida qo'shma korxona tashkil etishdan manfaatdor.

Yaqin kelajakda Novosibirsk ishbilarmonlar missiyasi o'zbekistonlik hamkorlari bilan muzokaralar olib borish, jumladan, yaqinda ochilgan Termiz xalqaro savdo markazi ishida ishtirok etish bo'yicha muzokaralar olib borish uchun O'zbekistonga boradi.

Rossiya tomoni, shuningdek, Bosh konsulxonaning joriy yil noyabr oyida Novosibirskda shahar Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o'tkazish taklifini qo'llab-quvvatladi.

Bundan tashqari, Novosibirsk mer O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida Rossiyaning mazkur hududida bo'lgan respublika fuqarolarining ovoz berishlari tashkil etish bo'yicha Bosh konsulxonaga barcha zarur yordam ko'rsatilishini tasdiqladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101121 | Инструменты