Huawei 1
O‘zbekistonda MicroMentor biznes platformasi ishga tushdi

O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida “MicroMentor” platformasi ishga tushdi. Bu haqda loyiha hamkori bo‘lgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ma’lum qildi.

Tadbirkorlar platformada strategiya, moliya, marketing, kadrlar boshqaruvi va boshqa masalalar bo‘yicha mentorlarni topishlari mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, “MicroMentor” tajriba almashish va biznesni rivojlantirish uchun boshqa mamlakatlar ishbilarmonlari bilan muloqot qilish imkonini beradi.

Mentor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar bilim almashishlari, biznes hamjamiyatida shaxsiy brend va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishlari mumkin. Menti (shogird)lar bir vaqtning o‘zida turli soha va davlatlardan kelgan bir nechta mentorlar bilan muloqot qilishlari mumkin bo‘ladi.

“O‘zbekistonlik tadbirkor ayollarni “MicroMentor"da mentor bo‘lishga chaqirib qolamiz. Sizning tajribangiz va bilimingiz hamjamiyat uchun qimmatli boylikdir va ishonamizki, sizning yordamingiz Markaziy Osiyoda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shadi. Siz uchun esa “MicroMentor” — bu Markaziy Osiyo tadbirkorlari bilan bog‘lanish, foydali aloqalar tarmog‘ini yaratish imkoniyatidir,” — dedi “MicroMentor” YTTB operatori Aruna Amzeyeva.

“MicroMentor” hozirda 178 mamlakatda faoliyat yuritadi va 400 mingdan ortiq foydalanuvchiga ega. Xususan, O‘zbekiston va Qozog‘istondan 1 mingga yaqin mentor va mentilar platformada ro‘yxatdan o‘tgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101123 | Инструменты