Huawei 1
Namangan shahrida yangi avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi

Namangan viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullaniluvchi “Ekspress Dolina” MChJ QKga tegishli 26 dona YUTONG rusumli avtobuslar 10 oktyabr sanasidan yo‘nalishlarga chiqarildi.

Yangi avtobuslar Namangan shahrining 1-sonli “Otchopar bosh bekati - Taxtako‘prik” va 3-sonli “Yuksalish – Chorsu” yo‘nalishlarida harakatlanmoqda.

Shuningdek, tez kunlarda 2-sonli “Otchopar bosh bekati - Chorsu” yo‘nalishida ham 12 dona yangi avtobuslarda xizmat ko‘rsatilishi boshlanadi.

Ushbu yo‘nalishlarda qatnovlar brutto-shartnomasi asosida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59 son qarori ijrosi doirasida viloyatlarga yangi zamonaviy avtobuslar olib kelinishi davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101123 | Инструменты