Huawei 1
Nukusda 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, joriy yilning 18 oktyabr kuni Nukus shahrining 23-kichik tumanida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etgan. Shu kuni ertalab soat 07:51 larda 1999 yilda tug‘ilgan Ya.A. va uning 2001 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i Ya.M. hamda ularning uyiga mehmon bo‘lib borgan qarindoshi T.A. is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi yuborilib, olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, ushbu fuqarolar uyning isitish qozonxonasi mo‘risidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgani tasdiqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102802 | Инструменты