Huawei 1
O‘rmon va yaylovlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqishning samarali usullari muhokama qilindi

Buxoroda o‘rmon ekotizimlarini saqlash va barqaror boshqarishga qaratilgan bir qator tadbirlar doirasida ikkinchi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot uchun, ushbu tashabbus Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va Global ekologik fondining (GEF) “Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzul yerlarida barqaror hayotni taʼminlashni qoʻllab-quvvatlaydigan asos sifatida koʻllar, suv-botqoq va qirgʻoqboʻyi hududlarini saqlash hamda boshqarish” (“Aral wetlands”) qo'shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Loyiha Quyi Amudaryo va Orol dengizi havzalarida ekotizim barqarorligi va aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Tuproq degradatsiyasining oldini olish, unumdor landshaftlarning yer va suv resurslarini kompleks boshqarish, shuningdek, tabiiy hududlarni, asosiy biologik xilma-xillik hududlari va ornitologik zonalarni muhofaza qilish faoliyatning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.

Davra suhbatida Buxoro viloyati jamoat tashkilotlari rahbarlari, tegishli idoralar va xalqaro tashkilotlar xodimlari, “Aral wetlands” loyihasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida o‘rmon, botqoq va yaylovlar ekotizimlarini asrab-avaylashning ahamiyati haqida tushuntirishdan iborat. Ishtirokchilar ularni himoya qilish va ushbu hududlarni boshqarish usullarini takomillashtirish chora-tadbirlarini muhokama qildilar.

Ushbu mavzu bo‘yicha qator davra suhbatlarini o‘tkazish “Aral wetlands” loyihasi doirasidagi ishlarni samarali monitoring qilish va muhokama qilish uchun sharoit yaratadi. Bu, shuningdek, mahalliy hamjamiyat va manfaatdor tomonlarni o‘rmonlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish jarayoniga jalb etishga yordam beradi, bu esa pirovardida tabiiy ekotizimlarning barqarorligini mustahkamlash va mintaqa aholisining hayot sifatini yaxshilash imkonini yaratadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 33113 | Инструменты