Huawei 1
O‘simliklarni himoya qilishda biologik kurash tadbirlari kengaytiriladi

Vazirlar Mahkamasi “O‘simliklarni himoya qilishda biologik kurash tadbirlarini yana-da kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan ko‘paytirilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomda:

- biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘paytirilgan biologik himoya vositalariga sertifikat berish va uni rasmiylashtirish;

- muvofiqlikni baholash organlari va inspektorlar tomonidan biologik himoya vositalarini ko‘paytirish bilan bog‘liq jarayonlarning sohadagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini monitoring qilish;

- biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘paytirilgan biologik himoya vositalariga sertifikatni qayta rasmiylashtirish;

- biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘paytirilgan biologik himoya vositalariga sertifikatlar reyestrini yuritish tartibi belgilab berilgan.

2024-yil yakuniga qadar “Biosifat” respublika markazi laboratoriyasi zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan taʼminlanadi hamda biologik himoya vositalarining sifatini joyida aniqlaydigan ekspress-mobil laboratoriya xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq respublikada faoliyat yuritayotgan biolaboratoriyalar tomonidan o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi texnik reglamentlarda ko‘rsatilgan xavfsizlik talablariga rioya etgan holda fitosanitariya tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi, biomahsulotlarning sifati va dalaga tarqatish meʼyori bo‘yicha sertifikatlangan biologik himoya vositalarini tarqatilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Qarorga ko‘ra, 2024-2025-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda biologik himoya vositalarini ko‘paytirishning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

2024-2025-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari muqaddam biolaboratoriya sifatida foydalanib kelingan bino va inshootlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik shartlarida tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi.

Biolaboratoriyalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar o‘rtasida biomahsulotlarni yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalarning tuzilishi va biolaboratoriyalarning moliyalashtirilishi hamda biomahsulotlarning dalaga tarqatilishi bo‘yicha maʼlumotlar “Raqamli qishloq xo‘jaligi” platformasiga joylashtirib boriladi.

Qarorda 2024-2025 yillarda xorijiy (xalqaro) moliya institutlari, boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘maklari hamda grantlarini jalb etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda kamida bittadan namunali zamonaviy biolaboratoriyalar tashkil etish ko‘zda tutilgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92313 | Инструменты