O‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 300 mingdan oshdi

O‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 300 000 dan oshdi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma’lumotlarni ko‘paytirish maqsadida tashkillashtirilgan "WikiStipendiya" loyihasi rasmiy sahifasida ma'lum qilindi. 

Qayd etilishicha, may-iyun oylari davomida "WikiStipendiya" jamoaviy marafonining 1-turi bo‘lib o‘tdi. Mazkur marafon sabab o‘zbekcha Vikipediya katta marralarni zabt etdi.

Jamoaviy marafonga qadar o‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 260 mingga yaqin edi, tur davomida ishtirokchilarning faolligi bilan maqolalar soni 300 mingdan oshdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70522 | Инструменты