Huawei 1
O‘zbekiston 2027-yilda elektr energiyasi bozoriga, 2028-yilda esa tabiiy gaz ulgurji bozoriga o‘tishi kutilmoqda

Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumida so‘zlagan nutqida tabiiy gaz to‘g‘risida muhim yangilikni aytib o‘tdi.

“2028-yilda tabiiy gazning ulgurji bozoriga, 2027-yilda esa elektr energiyasi bozoriga o‘tishni yakunlamoqchimiz. Gaz ishlab chiqarish ham bizning kompaniyalar tomonidan, ham mahsulot taqsimoti shartnomasi doirasida amalga oshiriladi, bu bo‘yicha ishlayotgan yangi kichik kompaniyalar mavjud. 

Biz O‘zbekistonda tog‘-kon bozorida ko‘proq kompaniyalar bo‘lishini istaymiz. Islohotlar elementi sifatida aynan samaradorlikni oshirish va tabiiy gaz yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida gaz taqsimlash tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyiliga o‘tkazish dasturini qabul qildik. Buxoro viloyatida shunday loyiha tayyorlayapmiz”, dedi Qo‘chqorov.

U 85 milliondan ortiq aholiga ega Turkiya yiliga qariyb 63 milliard kub metr tabiiy gaz isteʼmol qilishini, iqtisodiyoti Turkiyanikidan kichik, aholisi 37 million kishi bo‘lgan O‘zbekiston ham deyarli shuncha miqdorda gaz isteʼmol qilishini taʼkidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101417 | Инструменты