Huawei 1
O‘zbekiston Afg‘onistonning Naibobod temiryo‘l stansiyasining ta’mirlash ishlarini yakunladi

7 avgust kuni Afg‘onistonda Naibobod temiryo‘l stansiyasini foydalanishga topshirish marosimi o‘tkazildi.

Unda Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Birodar, mahalliy amaldorlar va O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev ishtirok etdi. Ta’mirlash ishlari "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ, Termiz mintaqaviy temiryo‘l uzeli va "Sogdiana Trans" korxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Xabarga ko‘ra, marosim davomida Naibobod stansiyasiga birinchi yuk vagonlari keldi, bu esa mintaqaning transport infratuzilmasini rivojlantirishda yangi bosqichning boshlanishini anglatadi.

"Hayraton – Mozori Sharif" temiryo‘lining umumiy uzunligi 75 km. U 2010 yilda o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan qurilgan. Qurilish uchun Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan 129 million dollar mablag‘ sarflangan. 

Mazkur liniya O‘zbekistonda amaldagi texnik standartlar va talablarga muvofiq signalizatsiya, telekommunikatsiya va elektr ta’minoti qurilmalari bilan jihozlangan. Hayraton – Mozori Sharif temiryo‘lini ta’mirlash ishlari joriy yilning fevral oyida boshlangan va unga 6,3 million dollar sarflangan.

Bu liniyaning ahamiyati shundaki, u Afg‘oniston va mintaqaning boshqa davlatlari o‘rtasida yuk tashish narxlarini pasaytiradi.Afg‘onistonning jamoat ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Iso Soniy "Hayraton - Mozori Sharif" temiryo‘lini qo‘shni davlatlardan tijorat tovarlarini tashish uchun mintaqaviy chorrahaga aylantirish niyatida ekanini aytdi.

"O‘zbekiston bilan qo‘shma delegatsiyamiz Jauzjonga, keyin Faryob va Bodg‘isga, so‘ngra Hirot, Nimroz, Farah, Hilmand va Qandahorga boradi. Xudo xohlasa, bu yo‘l Pokistongacha quriladi", dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12910 | Инструменты