Huawei 1
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan oʻtkazilgan 1 mlrd 416 mln soʻmlik davlat xaridi bekor qilindi

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi buyurtmachiligida 8-may kuni “Alisher Navoiyning bronza haykalini yaratish va Qozogʻiston Respublikasining Ostona shahrida oʻrnatish xizmati” yuzasidan 1 mlrd 416,0 mln soʻmlik davlat xaridi oʻtkazilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining oʻrganishlariga koʻra, ushbu davlat xaridini amalga oshirish jarayonida buyurtmachi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat xaridlari toʻgʻrisida"gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar toʻqnashuvi), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar)da ko'zda tutilgan talablariga amal qilinmagan. Undan tashqari yana boshqa qonunbuzilishi holatlari ham kuzatilgan.

Xususan, xaridda ishtirok etgan 3 nafar talabgorning hujjatlari xarid komissiyasining raisi va toʻrt nafar aʼzolari foydalangan kompyuter (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan.

Mazkur holatlar boʻyicha davlat xaridi oʻtkazilgan kunning oʻzida xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachiga taqdimnoma kiritilgan. Shuningdek, qonuniy chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentga yuborildi.

Agentlik taqdimnomasiga binoan Akademiya tomonidan 11-may kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61300 | Инструменты