Huawei 1
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada viza bilan bog‘liq firibgarlikka uchramoqda

So‘nggi vaqtlarda Turkiya hududida ayrim toifadagi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga yirik pul mablag‘lari evaziga AQShga doimiy yashashga yuborish, shuningdek, Yevropa mamlakatlarining vizalarini rasmiylashtirib berishni va’da qilish orqali firibgarlik jinoyatlarining sodir etilishi holatlari ko‘paymoqda. Bu haqda O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ogohlantirish berdi.

Qayd etilishicha, bu toifadagi shaxslarga ishongan fuqarolarimiz jiddiy muammolarga duch kelib, ularning ko‘rsatmasi bilan turli xorijiy davlatlarga, asosan Osiyo va Afrika davlatlariga borib, u yerda sarson-sargardon bo‘lishmoqda.

Ma'lumot o'rnida, kuni-kecha AQShga ketish ilinjida firibgarlar tuzog‘iga tushib, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarida farzandi bilan og‘ir ahvolda qolgan yana bir ayol vatandoshimiz Bosh konsulxona yordamida O‘zbekistonga yuborildi.

Noqonuniy migratsiyaning jiddiy oqibatlari:

Pul mablag‘laringizni firibgarlar o‘zlashtirib yuborishi;

Hujjatlaringizning noqonuniy yo‘l bilan olib qo‘yilishi;

Chet elda hujjatsiz qolib, huquqiy muammolarga duch kelish;

Jinoiy javobgarlikka tortilish;

Deportatsiya yoki uzoq muddatli taqiqlarga uchrash.

Muhim eslatma!

- AQShga yoki Yevropa mamlakatlariga qonuniy yo‘l bilan chiqish uchun faqat rasmiy vakolatli idoralarga murojaat qiling!
- Hech kimga vizani yoki AQShga noqonuniy o‘tishni va’da qilib, pul talab qilayotgan shaxslarga ishonmang!
- Shaxsiy hujjatlaringizni begona odamlarga topshirmang!

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22817 | Инструменты