Huawei 1
May oyida Microsoft Skype xizmatini yopishi mumkin

Microsoft 2025 yil may oyida Skype xabar almashish va videoqo‘ng‘iroqlar xizmatini yopishi mumkin. Bu haqda XDA Developers portali yozdi.

Portal o‘quvchilaridan biri Windows uchun Skype xizmatining yangi beta-versiyasida xizmatning yopilishi haqidagi ma’lumotlardan iborat kod paydo bo‘lganini payqadi.

«May oyidan boshlab Skype ishlamaydi. Teams orqali qo‘ng‘iroq qilish va suhbatlashishda davom eting», deyiladi kodda.

Shundan so‘ng «ba’zi do‘stlaringiz allaqachon Teams ilovasidan foydalanmoqda» degan yozuv keladi.

Microsoft kompaniyasi Skype yopilishini rasman e’lon qilmadi.

Skype 2003 yilda ishga tushirilgan va shved kompaniyasi Tele2 sobiq xodimlari Niklas Zennström va Yanus Friis ishtirokida estoniyalik dasturchilar jamoasi tomonidan yaratilgan. 2011 yilda ushbu xizmat Microsoft tomonidan 8,5 milliard dollarga sotib olindi. 2019 yilda Microsoft biznes uchun Skype xizmati faoliyati to‘xtatilishini (bu 2021 yilda sodir bo‘ldi) va tashkilotlar Microsoft Teams xizmatiga o‘tishi kerakligini e’lon qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22821 | Инструменты