Xitoyning Yansin shahrida togʻ changʻisi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan trassada kechgan bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari muvaffaqiyatli qatnashishdi. 11 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar ishtirokidagi bahslarda hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻldilar.
Oltin medal:
Arman Gayupov (gigant slalom)
Medet Nazarov (slalom)
Kumush medal:
Medet Nazarov (gigant slalom)
Arman Gayupov (slalom)
Sabina Rejepova (slalom)
Bronza medal:
Valeriya Kovaleva (slalom).
Alpha version: 0.9.1.19 build 22821 | Инструменты