Shakar kundalik hayotda eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlardan biri hisoblanadi. Uning iste’moli organizm uchun foydali bo‘lishi bilan bir qatorda, zarar ham hisoblanadi.
Bugungi kundagi rasmiy statistikalarda yevropaliklar va Shimoliy Amerika xalqi dunyodagi eng katta shakar iste’molchilaridir. Ammo, ba’zi Osiyo davlatlari, xususan, Yaqin Sharqda ham butun dunyo bo‘ylab shakarning eng katta iste’molini kuzatish mumkin.
Masalan, Bahrayn (44,3 kg) aholi jon boshiga shakar iste’moli bo‘yicha Osiyoda birinchi o‘rinda turadi. Shu bilan birga bu borada dunyoda ham yetakchilik qiladigan davlatlarning biridir. Shuningdek, aholi jon boshiga shakar iste’moli 40 kilogrammdan oshadigan Osiyo davlatlariga Livan (43,4 kg) va Malayziya (41,6 kg) ham kiradi.

Eng past raqamlar esa Myanma (2,9 kg), Shimoliy Koreya (4,5 kg) va Bangladeshda (6,3 kg) kuzatiladi.
Birlashgan millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning ushbu statistikalariga qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekiston shakar iste’moli borasida Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog‘iston (27,5 kg) va Turkmaniston (18,7 kg)dan keyin 17,8 kilogramm bilan 3-o‘rinda turadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61206 | Инструменты