O‘zbekiston Sunʼiy intellektga tayyorgarlik indeksi (AI Readiness Index)da so‘nggi yillarda barqaror o‘sishni namoyish etmoqda. Oxford Insights xalqaro tahlil markazi tomonidan eʼlon qilingan reyting natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz 2023 yilda 87-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2025 yilga kelib ushbu ko‘rsatkichni 25 pog‘onaga yaxshiladi.
Xususan, 2024 yilda mamlakatimiz mazkur reytingda 70-o‘rinni qayd etgan bo‘lsa, 2025 yil natijalariga ko‘ra yana 8 pog‘onaga yuqorilab, 62-o‘ringa ko‘tarildi va o‘z pozitsiyasini yana-da mustahkamladi.
AI Readiness Index davlatlarning sunʼiy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va ulardan samarali foydalanishga tayyorlik darajasini baholaydi. Reyting davlat boshqaruvi, texnologiyalar infratuzilmasi, inson kapitali, maʼlumotlar siyosati hamda innovatsion muhit kabi muhim mezonlar asosida shakllantiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты