Huawei 1
O‘zbekiston taekvondo bo‘yicha birinchi marta Olimpiya o‘yinlarida 2 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston taekvondo bo‘yicha birinchi marta Olimpiya o‘yinlarida 2 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ayniqsa, mohir sportchimiz Ulug‘bek Rashitov Olimpiya harakati solnomasida taekvondo bo‘yicha eng yosh toifada ikki karra Olimpiya chempioni bo‘ldi.

Shu paytgacha dunyoda faqat 4 nafar sportchi shunday yuksak sharafga sazovor bo‘lgan edi. Ulug‘bek esa beshinchi bo‘lib, ularning safidan munosib va mustahkam joy egalladi.

U oyog‘idan qattiq jarohat olganiga qaramay, shiddatli final jangida kuchli raqibga qarshi mardona jang qilib, g‘olib qahramonga aylandi.

Boks bo‘yicha milliy terma jamoamiz oltin medallar soni bo‘yicha mamlakatimiz tarixida Olimpiya o‘yinlari rekordini yangiladi va umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Erkaklar o‘rtasida yettita oltin medalning beshtasini yoki 71 foizini bizning bokschilarimiz qo‘lga kiritdilar.

Fursatdan foydalanib, Prezidentimiz O‘zbekiston iftixorlari – mohir bokschilarimiz Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Lazizbek Mullajonov, Abdumalik Xaloqovni ana shunday shonli yutuqlari bilan yana bir bor qizg‘in tabrikladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42820 | Инструменты