11 mart kuni Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Sessiyada lavozimidan ozod etilgan Sherzod Yo‘ldoshev o‘rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Begmatov Ravshanbek Berdaliyevich nomzodi O‘zbekiston tumani deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31208 | Инструменты