Huawei 1
O‘zbekiston va AQSH Transkaspiy yo‘lagidan foydalanish shakllarini muhokama qildi

O‘zbekiston va AQSH Xitoy, Kavkaz mamlakatlari va Yevropani bog‘lovchi Transkaspiy yo‘lagidan foydalanishda hamkorlikning yangi shakllarini topish niyatida.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 14 avgust kuni Transport vazirligida AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda USAID loyihasining “O‘rta Osiyoda savdo-sanoat” yo‘nalishi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etilgan.

Uchrashuvda Yevropa va Osiyo o‘rtasida xalqaro savdoni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish va farovonlikni ta’minlashda transport va logistikaning muhim roli alohida ta’kidlab o‘tilgan.

Shu munosabat bilan tomonlar Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida intermodal va multimodal transchegaraviy va tranzit transport xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish, Transkaspiy yo‘lagi bo‘ylab o‘zaro hamkorlikning yangi shakllarini yaratish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Ma’lumot uchun, Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi Xitoy, Qozog‘iston, Kaspiy dengizi, Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya, Qora dengiz va undan keyin Yevropa davlatlariga o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52901 | Инструменты