Huawei 1
Toshkent viloyatida homilador kelinni o‘limi sabab akusher-ginekologga sud hukmi o‘qildi

Avvalroq, Toshkent viloyatida 20 yoshli homilador ayol shifoxonada vafot etgani va holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani haqida xabar bergan edik.

Dastlabki xulosaga ko‘ra, mazkur holat sababi sifatida "O‘pka arteriyasining tromboembolik sindromi, og‘ir gepatoz, o‘tkir jigar yetishmasligi, urosepsis, septik shok" qayd etilgan va soat 20.00 lar atrofida prokuratura organlariga rasmiy axborot berilgan.

Jinoyat ishi hujjatlarida keltirilishicha, ayolning salomatligi to‘liq o‘rganilmasdan turib, unga nisbatan dori vositasi yuborilgan va bu kelinning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Marhumaning onasi ushbu baxtsiz hodisani quyidagicha izohladi.

"Kuyovimga borgandan keyin tilxat yozdirib olmoqchi bo‘lgan. Operatsiyaga olib kirib ketyapmiz deb. So‘ngra men baqirdim. Meni bolam operatsiya holatida kelmagan-ku,- deganimda ular xavotir olmang bolasi 7 oylik tug‘iladi dedi. Kirsam, yuragiga tok ulayapti ekan. O‘sha paytda meni qizimning joni uzilib bo‘lgan",- deydi marhumaning onasi.

Holat yuzasidan sud ishi JIB Bo‘ka tumani sudida ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchi akusher-ginekologga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi ayol JKning 116-moddasi 4-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga nisbatan 3 yil muayyan huquqdan, yaʼni sog‘liqni saqlash tizimlarida tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilib, 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53002 | Инструменты