Huawei 1
28-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Otabek Bozorov Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekistonning Portugaliyadagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Portugaliyaga yangi tayinlangan elchisi Nodir G‘aniyev ushbu mamlakat Prezidenti Marselu Rebelu de Souzaga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Toshkentda 800 nafar fuqaroni chuv tushirganlikda gumonlanib ikki turar joy kompaniyasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahrida IN-FIN-STORY INVEST va Credit House mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Koreyaning Ulsan shahri yangi tartib asosida o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilishni boshlaydi

O‘zbekiston fuqarolari uchun Janubiy Koreyaning Ulsan shahrida E-7 vizasi asosida ishlash imkoniyati ochildi.

O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasining mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi mumkin

Bosh vazir Abdulla Aripov Yashil iqlim jamg‘armasi ijrochi direktori Mafalda Duarte bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Javohir Sindorov nufuzli xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Shvetsiyaning Malmyo shahrida “Tepe Sigeman & Co Chess 2025” turniri bo‘lib o‘tdi va unda o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov g‘olib bo‘ldi.

S&P: Oltin narxi tushishi tufayli O‘zbekiston zaxiralari qisqarishi mumkin

Kelgusi yillarda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin narxining pasayishi tufayli kamayishi mumkin. Bu haqda S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi sharhida aytiladi.

O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi

Eng tinch mamlakatlar beshligiga Islandiya (1-o‘rin), Irlandiya, Avstriya, Yangi Zelandiya va Singapur kirdi. Bu davlatlar xavfsizlikning yuqori darajasi, jinoyatchilik darajasining pastligi, xalqaro va ichki qarama-qarshiliklarning yo‘qligi, barqaror boshqaruv institutlari bilan ajralib turadi.

Transport vositalaridan chiqindi tashlaganlik uchun jazo chorasi kuchaytiriladi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga transport vositalaridan chiqindi tashlaganlik uchun jazo chorasi kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda 2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasida belgilab qo‘yilgan.

Senat majlisida gibrid avtomobillar uchun ekologik sertifikat masalasi muhokama qilindi

Senator Anvar To‘ychiyev may oyi boshida Yevro-5 yoki Yevro-6 ekologik standartidagi elektrodvigatellar bilan jihozlangan gibrid avtomobillarni rasmiylashtirishda bojxona organlari Yevro-4 ekologik toifasidan kam emasligini tasdiqlovchi sertifikat talab qilgani e’tirozlarga sabab bo‘lgani, bu bo‘yicha Ekologiya vazirligiga so‘rov hamda Bojxona qo‘mitasiga xat chiqarilganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev akademik Azimboy Saʼdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

"Taniqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Azimboy Sa’dullayevning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi", deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

O‘zbekistonning davlat qarzi yil boshidan beri 2,2 mlrd dollarga oshdi

To‘rt oy ichida davlat qarzi 42 milliard dollardan oshib, yil davomida deyarli 20% ga ko‘paydi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston “Qambarota GES-1” bo‘yicha kelishib oldi

Qayd etilishicha, uch davlat hukumati loyihani tayyorlashda Jahon bankidan texnik yordam so‘ragan.

Andijon uyatsiz harakatlarni IIBga oshkor qilmaslik uchun iPhone talab qilgan ayol ushlandi

24 yoshli ayol o‘ziga tanish bo‘lgan erkakdan uyatsiz buzuq harakatlar uchun IIBga ariza bermasligi va bu holatni uydagilariga ko‘rsatmaslik uchun pul talab qilgan.

Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

Hozirda bir qator holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

Maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritishda xususiy ayblov instituti joriy etilmoqda

Ushbu qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ayrim huquqbuzarliklar uchun qilmishning xususiyatidan, jazolashdan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun yetarlilik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda maʼmuriy javobgarlikni bekor qilishga qaratilgan tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Madaniyat va san'at sohasidagi iqtidorli yoshlar rag'batlantiriladi

Qarorga ko'ra, har yili jahonning kamida 4 nafar yetakchi mutaxassislari va taniqli san'atkorlari o'quv jarayonlariga jalb etiladi hamda kamida 4 nafar ijodkor yoshlar xorijiy mamlakatlarga tajriba almashish uchun yuboriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53002 | Инструменты