Huawei 1
O‘zbekiston va AQSHning “Warner Bros. Discovery” kompaniyasi o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

O‘zbekistonning turizm salohiyatini AQSH va Yevropa davlatlarida keng targ‘ib qilish maqsadida dunyoga mashhur “Warner Bros. Discovery” kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu loyiha doirasida 5 oy davomida kino, televideniye, sport, turizm va yangiliklar sohasida jahon yetakchisi bo‘lgan “Warner Bros. Discovery” o‘zining mashhur “Discovery Channel”, “Travel Channel”, “YouTube Channel” kanallarida O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida 30 soniyalik videoroliklarni namoyish etadi.

Ushbu telekanallar sayohat va turizmga qiziqqan tomoshabinlar orasida ko‘proq ommalashgan.

 “Warner Bros. Discovery” xalqaro kompaniyasining global turizm media platformasidan foydalanish nufuzli va katta ta’sir kuchiga ega xalqaro auditoriyada O‘zbekistonga nisbatan xayrixohlikni kuchaytiradi va yaqin kelajakda O‘zbekistonga yanada ko‘proq xorijiy sayyohlarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Ta’kidlash joizki, “Warner Bros. Discovery” - Amerikaning transmilliy media va ko‘ngilochar konglomerati. Kompaniya dunyodagi eng yirik media tarmoqlardan biri bo‘lib, 220 mamlakatda 1,5 milliard tomoshabinni qamrab oladi va o‘z foydalanuvchilariga turli platformalar orqali dunyo bo‘ylab 51 dan ortiq tildagi kontentni taqdim etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122301 | Инструменты