Huawei 2
O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi Namangandagi bojxona posti sentyabrda ochiladi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i U.Kodirov “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona postida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti shu yilning sentyabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Boshqarma boshlig‘i post qurilishi bilan tanishuv jarayonida pudrat tashkiloti tomonidan ishlarni jadallashtirish, qurilish sifatiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi bo‘yicha bir qator tavsiyalar berdi.

Shuningdek, qurilish jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf qilish hamda topshiriqlar ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur chegara bojxona postining ochilishi Namangan viloyati va Uchqo‘rg‘on tumani aholisi uchun katta qulayliklar yaratibgina qolmay, logistika, xizmat ko‘rsatish sohalarining takomillashtirilishiga ham xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62723 | Инструменты