Huawei 1
O‘zbekistonda 2025-yilning o‘zida 848 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

Maʼlum qilinishicha, noqonuniy daraxt kesish holatlari butunlay yo‘qolgani yo‘q. 

2025 yilning o‘tgan davrida respublika bo‘yicha 848 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga jiddiy ziyon yetkazilgan. Har bir holatda aybdor shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq jazo choralari qo‘llanilgan. 

Masalan, joriy yilning 13-fevral kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri “Zilol” MFY Huqandiy mavzesidagi bir necha o‘n yillik chinor daraxtiga qasddan shikast yetkazilgan. 

Ikki nafar shaxs ushbu daraxtni yo‘q qilishga urinish davomida ekologiya va ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, ularni haqoratlashgan. 

Mazkur holat yuzasidan JKning 198-moddasi (ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va boshqa moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22120 | Инструменты