Huawei 1
O‘zgidromet tezkor axborot bilan chiqdi

Joriy yilning 24-27 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. 24-27 fevral kunlari respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli (yomg‘ir yog‘adi, 25-27 fevralda qorga aylanadi) bo‘ladi. Shimolda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi.

Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. 26-27 fevral kunlariga kelib, havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 6-9 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22211 | Инструменты