O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 8 yildan buyon O‘zbekiston IVV tomonidan qidiruvda bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bergan xabarga ko‘ra, 44 yoshli Tursuntosh Qodirova ayni paytda Toshkent shahriga deportatsiya qilingan.
"Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi", – deyiladi rasmiy xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112818 | Инструменты