Huawei 1
O‘zbekistonda 9 oyda qancha ipoteka kreditlari ajratilgani ma’lum qilindi

Markaziy bank 2024-yilning to‘qqiz oyi davomida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, yanvar—iyun oylarida O‘zbekiston aholisiga 11,72 trillion so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. Bunda respublikada jami 42 ming 790 nafar fuqaro banklardan foizli qarz olgan bo‘lib, ularning 27,1 ming nafari (63 foizi) erkaklar, 15,6 ming nafari (37 foizi) xotin-qizlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ipoteka kreditlarining 65 foizi birlamchi bozordagi uylarga, 35 foizi ikkilamchi bozordagi uylarga ajratilgan. Foizli qarzlarning 65 foizini 31–50 yoshlar oralig‘idagi insonlar, 27 foizini 18–30 yoshdagilar, 8 foizini 50 yoshdan yuqori bo‘lganlar olgan.

Yanvar–sentyabr oylarida “Yangi tartib” dasturi bo‘yicha mamlakatning 23,7 ming fuqarosiga 6,07 trillion so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan.

Eng ko‘p kreditlar Toshkent shahri aholisiga berilgan — 3 536,9 milliard so‘m. Keyingi o‘rinlarda:

- Samarqand viloyati (1019,2 milliard so‘m);

- Farg‘ona viloyati (1011,4 milliard so‘m);

- Andijon viloyati (834,7 milliard so‘m);

- Navoiy viloyati (748,8 milliard so‘m);

- Toshkent viloyati (648,7 milliard so‘m).

Markaziy bankning maʼlum qilishicha, 2024-yilning to‘qqiz oyida tijorat banklari tomonidan aholiga 11,7 trillion so‘m ipoteka kreditlari ajratilgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilda 16, 9 trillion so‘m, 2022-yilda 14,4 trillion so‘m, 2021-yilda 9,8 trillion so‘m, 2020-yilda 9,1 trillion so‘mni tashkil etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101100 | Инструменты