O‘zbekiston aholisi soni qanchaga yetgan va 1 km² yer maydoniga nechta odam to‘g‘ri keladi?
2022-yilning 1-iyul holatiga ko'ra O‘zbekistonda 1 km² yer maydoniga o‘rtacha 79,3 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, bu raqamlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan (2021-yil 1-iyul holatiga ko'ra 1 km² hududga 77,6 kishi to'g'ri kelgan).
2022-yilning 1-iyul holatiga ko'ra respublikamizning doimiy aholisi 35 603 443 kishiga yetgan. Aholi shahar joylarda o'rtacha 18 117 ming kishini, qishloq joylarda esa 17 486,4 ming kishini tashkil etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11515 | Инструменты