Huawei 1
O‘zbekistonda AI-80 benzinidan to‘liq voz kechish 2028 yilga qoldirildi

Toshkent shahrida atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 2028 yildan boshlab “Yevro-4” standartidan (AI-80) past bo‘lgan avtomobil yonilg‘isidan foydalanish taqiqlanadi. Bu haqda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va havo sifatini yaxshilash bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarorida keltirib o‘tilgan.

Shuningdek, qaror bilan 2025−2027 yillarda “Yevro-4”dan past standartdagi yoqilg‘i importini bosqichma-bosqich taqiqlash va mamlakatdagi korxonalarni modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

"Buxoro neftni qayta ishlash zavodida “Yevro-4” va undan yuqori benzinga o‘tish uchun vaqt kerak. Yil oxirigacha loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqiladi va shundan so‘ng Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Loyihani to‘liq yakunlash uchun 30−32 oy vaqt ketadi. Shu bilan birga, 2025 yildan boshlab AI-92 benzinini ishlab chiqarish har oy oshib boradi. AI-92 benzini ishlab chiqarishga to‘liq o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi", deyiladi “O‘zbekneftgaz” axborot xizmatining Gazeta.uz‘ga bergan izohida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92815 | Инструменты